PRODYUSЕRLIK IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT SIFATIDA (ilmiy-metodologik masalalari)
ushbu maqolada prodyuserlik faoliyati ijtimoiy-madaniy sohaga xos professional amaliyot sifatida ko‘rib chiqiladi. Unda prodyuserlikning ko‘p yo‘nalishli tabiati, uning menejer , marketolog , rejissyor , imijmeyker kabi kasblar bilan o‘zaro aloqasi va farqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, prodyuserlikning funksional jihatlari — kreativlik , tashkilotchilik, rejalilik, tijorat , tadbirkorlik, marketing va o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tamoyillari doirasida yoritiladi. Muallif prodyuserlikni san’atkor va auditoriya, ijodiy jarayon va iste’molchi o‘rtasida muvozanatni ta’minlovchi ijtimoiy-madaniy vosita sifatida asoslab beradi. Maqola san’at va madaniyat sohasida prodyuserlik kasbining o‘ziga xosligi va dolzarbligini falsafiy, iqtisodiy va tashkiliy nuqtayi nazardan tahlil etadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти