Central AsianResearch Index

PEDAGOGIK TERMINOLOGIK KOMPETENSIYANING LINGVOKOGNITIV MOHIYATI

bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish jarayonida pedagogik ta’lim sifati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim muhitida pedagoglardan nafaqat fan doirasidagi nazariy bilimlar, balki kasbiypedagogik terminologiyani chuqur anglash, ilmiy tushunchalarni to‘g‘ri talqin qilish hamda pedagogik kommunikatsiyada samarali qo‘llash ko‘nikmalari ham talab etilmoqda. Ayniqsa, raqamli pedagogika, kompetensiyaviy yondashuv, integrativ ta’lim, interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalarning ta’lim jarayoniga keng kirib kelishi pedagogik terminologik kompetensiyani rivojlantirish masalasining dolzarbligini yanada kuchaytirmoqda. Pedagogik terminologiya bo‘lajak o‘qituvchilarning ilmiy dunyoqarashi, kasbiy tafakkuri va metodik tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu bois pedagogik terminlarni ongli ravishda o‘zlashtirish, ularning lingvistik va kognitiv mohiyatini anglash hamda kasbiy faoliyatda to‘g‘ri qo‘llash zamonaviy pedagogik ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 5
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти