Central AsianResearch Index

PEDAGOGIK TA'LIM TARAQQIYOTIDA MAKTABGACHA TARBIYA G'OYALARINING RIVOJI.

Maktabgacha ta’lim tizimi inson kamolotining ilk va eng muhim bosqichi hisoblanadi. Aynan shu davrda shaxsning intellektual, ma’naviy va ijtimoiy asoslari shakllanadi. Pedagogik ta’lim taraqqiyotida maktabgacha tarbiya g‘oyalari turli davr va sivilizatsiyalarda rivojlanib, boyitilib kelgan. Sharq va G‘arb mutafakkirlari ushbu jarayonda muhim nazariy va amaliy asoslarni yaratganlar. Xususan, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida pedagogika fanida tub burilishlar yuz berib, maktabgacha ta’lim alohida tizim sifatida shakllandi. Bu davr olimlari bolaning shaxs sifatida rivojlanishiga yangicha yondashuvlarni ilgari surdilar. Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim g‘oyalarining tarixiy rivoji sharq va g‘arb olimlari asarlari asosida tahlil qilinadi. XIX–XX asr boshlaridagi pedagogik qarashlar yoritiladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 3
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти