PEDAGOGIK FAOLIYATDA KASBIY KUYISH SINDROMINING PSIXOLOGIK OLDINI OLISH YO‘LLARI
bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning intellektual, ma’naviy va estetik tarbiyasini rivojlantirishda pedagogik faoliyatning sifatini oshirish, uning samaradorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, pedagoglarning o'z kasbiy faoliyatlariga bo‘lgan munosabati va ularning ishga bo‘lgan ishtiyoqi muhim omil hisoblanadi. Pedagogik faoliyatdagi kasbiy kuyish sindromi (burnout) ayniqsa pedagogik ta’lim jarayonining muvaffaqiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu sindrom pedagoglarning emotsional va ruhiy holatini yomonlashtirib, ularning kasbiy samaradorligini pasaytirishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglarning ruhiy holati va ishga bo‘lgan motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biridir. Tayyorlov guruhlarida kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagoglarning o'z ishiga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoqini oshirishda katta rol o'ynaydi. O'qituvchilarning o‘z kasbiy kompetensiyalarini yaxshilash va pedagogik faoliyatdagi kasbiy kuyish sindromini oldini olish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash zarur.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти