Central AsianResearch Index

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA O’QITUVCHI FAOLIYATINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

ushbu maqolada pedagogik diagnostikaning mohiyati, vazifalari hamda u o‘qituvchilik kasbining tarkibiy qismi sifatida tutgan o‘rni atroflicha tahlil qilingan. Pedagogik diagnostikaning nazariy asoslari, turlari, usullari va o‘quv jarayoniga ta’siri yoritilib, o‘qituvchining diagnostik kompetensiyasi zamonaviy ta’limdagi asosiy kasbiy ko‘nikma sifatida baholangan. Pedagogik diagnostikaning ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlash va samarali pedagogik qarorlar qabul qilishdagi ahamiyatini asoslab beradi. Zamonaviy ta’lim tizimining murakkablashib borishi o‘qituvchining roli va vazifalarini kengaytirmoqda. Endilikda pedagog faqatgina bilim beruvchi emas, balki o‘quvchilarning shaxsiy va intellektual rivojlanishini kuzatuvchi, tahlil qiluvchi va zarur holatlarda korreksiya jarayonlarini amalga oshiruvchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritishi lozim. Shu ma’noda, pedagogik diagnostika o‘qituvchining kasbiy faoliyatida muhim va ajralmas omil sifatida e’tirof etiladi. U o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, bilim darajasini va rivojlanish sur’atlarini aniqlash orqali ta’lim jarayonini samarali yo‘naltirish imkonini yaratadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти