OTM HAMDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING O‘ZARO HAMKORLIGIDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH
Mamlakatimizda taʼlim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyalashuvini taʼminlash, taʼlim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanishga muvofiq shakllantirish borasida islohotlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga kelib, jamiyatning iqtisodiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy sohalarida, shu jumladan, taʼlim sohasida, mikroolamdan tortib to makroolamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb etadi va uning rivojlantiruvchi funksiyalarini amalda qo‘llash orqali muhim ilmiy muammolarni hal qilish mumkin. Maqolada OTM hamda umumtaʼlim maktablarining o‘zaro hamkorligida boshlang‘ich sinflarda fanlararo integratsiyalashgan darslarni samarali tashkil etish masalalari yoritib berilgan.
Сведения
- Журнал
- Research Focus
- Опубликовано
- 2025 · Т. 4, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ветеринария ИТИ ва “Илм-фан ва инновациялар академияси” МЧЖ