Central AsianResearch Index

ONA TILI DARSLARIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARNING NUTQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION USULLARI

butunjahon taʻlim tizimida oʻquvchilarning mustaqil fikr yurita olishi va uni erkin bayon etishi taʻlimning yetakchi oʻrinlarini egallab turibdi. Xususan Oʻzbekiston taʻlim tizimida ham ona tili darslarida oʻquvchilarning nutqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar, dasturlar ishlab chiqilmoqda. Boshlangʻich taʻlimdanoq oʻquvchilarning nutqiga alohida eʻtibor bu keyingi taʻlim jarayonlarida faol qatnashish uchun mustahkam poydevor vazifasini oʻtaydi. Hozirgi kunda oʻqituvchi-pedagoglarimiz boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutqiy savodxonligini oshirish va uni yanada takomillashtirishga oid yangi innovatsion usullarni qoʻllashmoqdalar. Natijada, taʻlim tizimi samaradorligi oshiriladi, oʻquvchilarning soʻz boyligi hamda mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanib boradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 8
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти