Central AsianResearch Index

O‘ZBEK MILLIY QO‘G‘IRCHOQ TEATRIDA “TRAGEDIYA”

Yevropa tipida shakllangan o‘zbek teatrining repertuarida Uilyam Shekspir qalamiga mansub asarlarni ko‘p bora uchratamiz. Uilyam Shekspir XVI –XVII asrlarda o‘z ijodiy faoliyati bilan zamonaviy ingliz teatrining poydevorini qo‘ygan, til va adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatgan buyuk adiblardan biridir. Uning asarlarida ko‘tarilgan mavzu va qahramonlar hali hanuz dunyo bo‘ylab o‘z ixlosmandlarini ilhomlantirib, hayajonga solishda davom etmoqda. Sahna uchun yozilgan asarlari bugungi kunda ham butun dunyo teatrlari repertuarining ajralmas qismiga aylangan. Bizgacha dramaturg ijodidan 38 ta pyesa, 154 ta sonet, 4 ta sheʼr va 3 ta epitafiya (marsiya) yetib kelgan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти