O‘ZBEK MAQOMLARIDA NAVRO‘Z MAVZUSI
ushbu maqolada qadimiy va hamisha navqiron o‘zbek maqomlari tarkibidan o‘rin olgan Navro‘z nomli cholg‘u hamda aytim asarlari xususida so‘z boradi. Mazkur eng ko‘hna bayramga atab yaratilgan maqom asarlari tarixan mustaqil hamda O‘n ikki maqom tizimi tarkibiga kiruvchi musiqiy namunalarni tashkil etadi. Xususan, Navro‘zi Sabo , Navro‘zi Ajam , Navro‘zi Xoro , Navro‘zi Bayotiy, Navro‘zi Arab nomli asarlar muhtasham maqom tizimining yigirma to‘rt sho‘basi qatorida keladi. Ulardan Navro‘zi Bayotiy va Navro‘zi Arab bizgacha yetib kelmagan, qolganlari esa maqomlarimiz tarkibidagi cholg‘u va ashula yo‘llari sifatida uchraydi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 11
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти