Central AsianResearch Index

O‘TKIR MIYELOLEYKOZ KASALLIGIDA GEPATOPROTEKTORLAR QO‘LLANILISHINING AHAMIYATI

O‘tkir miyeloleykoz (OʻML) dunyo boʻyicha nisbatan kam uchraydigan, ammo oʻlim darajasi yuqori boʻlgan qon kasalligidir. Dunyo boʻyicha OʻML statistikasiga qaraydigan boʻlsak 1990 yilda 79,372 ta holat qayd etilgan boʻlsa, 2021 yilda bu koʻrsatkich 144,645 taga еtgan. 2021 yilda eng koʻp holatlar yuqori daromadli Shimoliy Amerika davlatlarida (23,676 holat), G‘arbiy Yevropa (24,638 holat) va Sharqiy Osiyo (19,156 holat)da qayd etilgan. OʻML Qoʻshma Shtatlarda har yili 20 000 dan ortiq yangi holatlar bilan yuzaga keladi. Bu kasallik ayollarga qaraganda erkaklarda koʻproq uchraydi; Erkaklarda kasallanish darajasi ayollarga nisbatan 5:3 ni tashkil qiladi. OʻML ning rivojlanishi va unga qarshi kurashishda olib boriladigan davolash protokollari bir nechta yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi. Bunga kimyo va radioterapiya , immunoterapiya va boshqa muolajalar kiradi. Ushbu davolashlar, oʻz navbatida, koʻplab noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan jigar faoliyatining buzilishi, toksik zararlanish va boshqa organlar faoliyatining yomonlashishi. OʻML da jigar koʻpincha cheklangan ozuqa moddalari va toksinlar bilan toʻyingan boʻlib, uning faoliyatini yaxshilash maqsadida gepatoprotektorlar qoʻllaniladi

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти