O‘QUVCHILARGA KREATIVLIK VA MULOQOT KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
mazkur ishda bugungi globallashuv davrida ta’lim tizimida o‘quvchilarning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash muhim vazifalardan biridir. Shaxsning har tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishida, nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, kreativ fikrlash hamda samarali muloqot qila olish ko‘nikmalarini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Kreativlik bu yangicha yondashuv, noodatiy g‘oya va echimlarni topa olish qobiliyati bo‘lsa, muloqot ko‘nikmalari shaxsning o‘z fikrini aniq, tushunarli va mantiqiy asoslangan holda ifodalash, shuningdek, boshqalar bilan konstruktiv hamkorlik qilish qobiliyatidir. Shuningdek, kreativlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim jarayonida bilimlarni samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning shaxsiy, intellektual va ijtimoiy rivojlantiradi hamda jamiyat uchun raqobatbardosh, tashabbuskor va ijodkor avlodni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi. Kreativlik va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarning kelajakda mustaqil qaror qabul qila oladigan, ijodkor va ijtimoiy faol shaxs sifatida shakllanishiga keng yo‘l ochadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 11
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти