O‘LAT TABBIY O‘CHOQLARINING MONITORINGI BO‘YICHA ZAMONAVIY QARASHLAR
Tahlil ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘lat bo‘yicha epidemiologik vaziyat ancha keskinligicha qolmoqda. JSST ning ma'lumotlari bo‘yicha, «…har yili dunyoda 51 milliondan ortiq kishilar jumladan, 20 milliondan ko‘pi yuqumli kasalliklar sababli olamdan o‘tadi» deb ta'kidlangan. Shu jihatdan karantin va o‘ta xavfli kasallik o‘choqlari jumladan o‘latning tabiiy o‘choqlari dinamikasi tuzilishini aniqlash, kasallanish ko‘rsatkichlarini bashoratlash, erta tashxisotning zamonaviy usullarini qo‘llash, kasallik kelib chiqishini oldini olish, samarali davolash, mavjud bo‘lgan laborator usullarini va profilaktika tadbirlarini takomillashtirish soha mutaxassislari oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 4, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти