Central AsianResearch Index

MULTIMEDIA VOSITALARINING TURLARI HAMDA ULARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

ushbu maqolada multimedia vositalarining asosiy turlari hamda ularning ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida axborotkommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida multimedia vositalaridan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omilga aylanib bormoqda. Tadqiqotda multimedia vositalarining matnli, grafik, audio, video va interfaol turlari ko‘rib chiqilib, ularning o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish, tasavvur qilish va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, ushbu vositalarning amaliy qo‘llanilishi orqali dars jarayonini yanada qiziqarli va samarali tashkil etish imkoniyatlari yoritilgan. Natijada multimedia texnologiyalaridan oqilona foydalanish ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti ekanligi xulosa qilinadi. Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ta’lim jarayonida multimedia vositalaridan foydalanish dolzarb pedagogik masalaga aylanmoqda. Ushbu maqolada multimedia vositalarining turlari va ularning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 5
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти