Central AsianResearch Index

MODULLI YONDASHUV TUSHUNCHASI VA UNING ONA TILI DARSLARIDA QO‘LLANISHI

modulli yondashuv ta’lim jarayonida o‘quvchi faoliyatini markazga qo‘yuvchi, bilimlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni ta’minlovchi, mustaqil fikrlash va kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali pedagogik konsepsiya sifatida e’tirof etiladi. Ushbu yondashuvning ona tili darslarida qo‘llanishi o‘quv jarayonini individuallashtirish, o‘quvchining til hodisalarini anglash jarayonida faol ishtirokini kuchaytirish, nutqiy kompetensiyalarni izchil rivojlantirish imkonini beradi. Modulli ta’limning asosiy mohiyati o‘quv materialini mantiqan tugallangan, maqsadga yo‘naltirilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan modullar ko‘rinishida tashkil etishdan iborat bo‘lib, har bir modul o‘quvchi uchun aniq maqsad, kutilayotgan natija, baholash mezonlari va mustaqil ishlash imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi. Ona tili fanining o‘ziga xosligi, ya’ni til tizimi, nutq madaniyati, grammatik birliklar, matn ustida ishlash jarayonlari modulli yondashuvni qo‘llash uchun keng imkoniyat yaratadi. Chunki modul asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchining til birliklarini izchil tahlil qilish, ularni nutqiy vaziyatlarda qo‘llash, matn yaratish jarayonida mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 12
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти