MILLIY TEATRNING SHAKLLANISHI VA JADID DRAMATURGIYASI
ushbu maqolada XX asr boshlarida o‘zbek milliy teatrining shakllanish jarayoni va jadid dramaturgiyasining rivojlanishi tahlil qilingan. Tadqiqot ishida gastrolga kelgan tatar va ozarbayjon teatr jamoalarining o‘zbek teatriga ta’siri, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi yetakchi jadid dramaturglarining ijodiy faoliyati chuqur o‘rganilgan. Alohida e’tibor Hamzaning “Zaharli hayot”, “Boy ila xizmatchi” kabi asarlari, Fitratning ramziy dramaturgiyasi – “Chin sevish”, “Hind ixtilolchilari”, “Abulfayzxon” fojeasi va Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” pyesasiga qaratilgan. Shuningdek, maqolada jadid teatrining ma’rifatparvarlik g‘oyalari, milliy ruh, savodsizlik va xurofotga qarshi kurash mavzulari tahlil etilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 10
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти