Central AsianResearch Index

METAKOGNITSIYA VA EPISTEMIK TAFAKKUR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

ushbu maqolada metakognitsiya va epistemik tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixologik hamda ta’limiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi metakognitsiyani bilish jarayonini kuzatish va boshqarish mexanizmi, epistemik tafakkurni esa bilimning manbai, ishonchliligi, murakkabligi va asoslanganligini baholashga yo‘naltirilgan tafakkur shakli sifatida izohlab, ular orasidagi integrativ munosabatni ochib berishdan iborat. Tadqiqot nazariy-tahliliy, qiyosiy-konseptual va interpretativ sintez usullariga tayangan holda olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, metakognitsiya talabaning o‘z fikrlashini nazorat qilishi va strategik boshqarishini ta’minlasa, epistemik tafakkur shu boshqaruvga bilimning epistemik mezonlarini kiritadi. Shu bois epistemik tafakkur metakognitsiyaning maxsus, mazmunan chuqurlashgan ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Metakognitiv monitoring , refleksiya , o‘z-o‘zini boshqarish va epistemik baholashning uyg‘unligi akademik o‘qish , manbalarni tekshirish, argumentlarni solishtirish va dalillarga asoslangan xulosa chiqarishda ayniqsa muhim ekani asoslandi. Xulosa sifatida oliy ta’lim jarayonida metakognitsiya va epistemik tafakkurni birgalikda rivojlantirish mustaqil fikrlash, ilmiy savodxonlik va tanqidiy tahlilning psixologik poydevorini kuchaytirishi ta’kidlandi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 4
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти