MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQ TARAQQIYOTIDA ZAMONAVIY ILMIY-PEDAGOGIK YONDASHUVLARNING ROLI
maktabgacha yosh davri bolaning har tomonlama rivojlanishida, ayniqsa nutq shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi. Aynan shu davrda bolaning fikrlashi, muloqotga kirishishi, atrof-muhitni anglash jarayoni nutq orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim tizimida bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik jarayonning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Nutqning yetarli darajada rivojlanishi bolaning ijtimoiy moslashuvi, intellektual salohiyati hamda keyingi ta’lim bosqichlaridagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlardan foydalanish bolalar nutqini rivojlantirish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Innovatsion pedagogik texnologiyalar , interfaol metodlar , o‘yin faoliyati hamda kommunikativ yondashuvlar bolalarning nutqiy faolligini kuchaytirib, ularning lug‘at boyligini oshirish, mustaqil fikrlash va muloqot madaniyatini shakllantirishga yordam beradi. Shu nuqtai nazardan, maktabgacha yoshdagi bolalar nutq taraqqiyotida zamonaviy ilmiy-pedagogik yondashuvlarning o‘rni va ahamiyatini o‘rganish dolzarb ilmiy-pedagogik masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada ushbu yondashuvlarning mazmuni, ularning nutq rivojiga ta’siri hamda amaliy qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти