Central AsianResearch Index

MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGINING KREATIV KOMPETENSIYASI: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR.

mazkur ilmiy maqolada maktabgacha ta’lim pedagogining kreativ kompetensiyasi masalasi zamonaviy pedagogika nuqtai nazaridan yoritilgan. Kreativ kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning nazariy asoslari hamda tarkibiy qismlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagog faoliyatida kreativ yondashuvning o‘rni va ahamiyati, uni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar keng yoritib berilgan. Maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida pedagogning ijodiy fikrlashi, innovatsion metod va texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalari, bolalar bilan ishlashda kreativ yondashuvni qo‘llash imkoniyatlari hamda ta’lim muhitining ahamiyati batafsil ko‘rib chiqilgan. Shu bilan birga, pedagogning kasbiy rivojlanishida refleksiya, motivatsiya va uzluksiz o‘qish jarayonining o‘rni alohida ta’kidlangan. Kreativ yondashuvning amaliy jihatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy fikrlash , tasavvur, mustaqil faoliyat va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Pedagogning kreativ faoliyati ta’lim jarayonini yanada qiziqarli, samarali va rivojlantiruvchi muhitga aylantirishi asoslab berilgan. Ushbu yondashuv maktabgacha ta’lim sifatini oshirishda muhim omil sifatida qaraladi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти