MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJI VA KITOBXONLIK O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida nutq rivoji va kitobxonlik madaniyati o‘rtasidagi bog‘liqlik muhim ahamiyatga ega. Kitob o‘qish faoliyati bolalarda so‘z boyligini oshirish, fikrlarni izchil ifodalash va tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Shu bilan birga, rivojlangan nutq bolaning badiiy matnni tushunish qobiliyatini oshiradi va o‘z navbatida kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda nutq va kitobxonlikni rivojlantirish usullari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda, ammo ular orasida nutq rivoji bilan kitobxonlik darajasi o‘rtasidagi aniq bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar kam. Shu sababli, ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutq rivoji va kitobxonlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsad qilindi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти