Central AsianResearch Index

MAKTABDA MUSIQIY TA’LIM FAOLIYATLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

bugungi kunda musiqa ta’limiga oid yangicha zamonaviy yondashuvlarga ehtiyoj oshib borishiga sabab O‘zbekistonning hozirgi rivojlanish jarayonida innovatsion jamiyat barpo etish maqsadida “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da “aqlli ta’lim” ning vazifasi ta’lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida rivojlantirishdan iborat[1]ligi ta’kidlangan. Mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg‘or pedagogik hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ta’lim samaradorligini oshirishga e’tibor kuchaytirildi. Ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar so‘nggi yillarda tizimda sezilarli o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Musiqa ta’limiga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi. Ushbu jarayonlarni chuqur his etgan o‘qituvchidan har bir mashg‘ulotga innovatsion tarzda yondashuv talab etiladi. Ma’lumki, an’anaviy dars turlarida ta’lim-tarbiya jarayoni markazida o‘qituvchi turadi. U o‘quv materialini tushuntiradi, so‘raydi va baholaydi. Endilikda dars yangi shakllarni izlash tamoyiliga asoslanadi. Musiqiy ta’lim tizimi faqat nazariy musiqiy ma’lumot, tushuncha, kuy va qo‘shiqlarni kuylash hamda tinglashni o‘rgatish bilan cheklanilmaydi, balki o‘quvchilarning shaxsiy ma’naviy rivojlanishini, ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham shakllantirishga qaratiladi. Shu jihatdan mamlakatimiz musiqa ta’limi jarayonida musiqiy ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda zamonaqviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishiga erishish muhim hisoblanadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 9
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти