MAKTAB YOSHIDAGI O‘SPIRINLARNING EMOTSIONAL MUNOSABATLARIDA O‘ZIGA XOS IJTIMOIY-PSIXIK XUSUSIYATLAR
o‘smirlik bu shaxsning ijtimoiy, shaxsiy va ma'naviy-amaliy o‘zini o‘zi belgilashining boshlanishi davri. O‘rta maktab o‘quvchilarining hissiy va emotsional rivojlanishi masalasi murakkab va talabchan masalalardan biridir. Mustaqil hayotga tayyorgarlik o‘smirlik davridan boshlanadi, insonning qadriyatlar tizimi, dunyoqarashi, kasb tanlashi va fuqarolik ahamiyatini tasdiqlashning shakllanishi sodir bo‘ladi. Natijada, ana shu ijtimoiy va shaxsiy omillar ta'sirida o‘spirin va uning atrofidagi odamlar o‘rtasidagi munosabatlarning butun tizimi qayta tuziladi, uning o‘ziga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Ushbu maqolada maktab yoshidagi o‘spirinlarining emotsional munosabatlarida o‘ziga xos ijtimoiy-psixik xususiyatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning psixologik xususiyatlari qator ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти