MAKTAB TA'LIMIDA STEAM (SCIENCE, TECHNOLOGY, ENGINEERING, ARTS, MATHEMATICS) YO‘NALISHINI JORIY ETISH LOYIHALARI: XALQARO TAJRIBA VA O‘ZBEKISTON PERSPEKTIVALARI.
Zamonaviy Industry 4.0 davri va sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi mehnat bozori talablarini tubdan o‘zgartirib, ta'lim tizimidan an'anaviy yondashuvlardan voz kechishni talab etmoqda. Fanlararo uzviylikning yo‘qligi o‘quvchilarning real hayotiy muammolarni hal qilish ko‘rsatkichlariga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan bir paytda, fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani yagona tizimda birlashtirgan STEAM ta'lim modeli xalqaro miqyosda ommalashmoqda. Mazkur tadqiqotda J. Dewey, L. Vygotskiy va H. Gardner kabi olimlarning fundamental pedagogik hamda kognitiv nazariyalari asosida, O‘zbekiston milliy maktab tizimida STEAM yo‘nalishini tizimli va ilmiy asoslangan holda joriy etish masalalari ustuvor vazifa sifatida tadqiq qilingan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти