Central AsianResearch Index

MADANIY XILMA-XILLIKNING KONSEPTUAL TALQINI VA GLOBALLASHUVDAGI AHAMIYATI

ushbu maqolada globallashuv sharoitida madaniy xilma-xillik fenomenining mohiyati va uning ijtimoiy-falsafiy talqinlari tahlil qilinadi. Bhikhu Parex tomonidan ilgari surilgan madaniy xilma-xillik tasnifi — submadaniy, spektral va ijtimoiy xilma-xillik shakllari asosida jamiyatdagi madaniy farqlarning turfa ko‘rinishlari yoritib beriladi. Shuningdek, madaniy xilma-xillik va multikulturalizm tushunchalarining o‘zaro aloqadorligi hamda ularning farqlari tahlil qilinib, migratsiya jarayonlarining multikulturalizm shakllanishidagi o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Will Kymlicka, Joseph Raz, John Rawls, Bhikhu Parekh va Charles Taylor kabi zamonaviy liberal mutafakkirlarning qarashlari asosida madaniy xilmaxillik inson erkinligi va jamiyat taraqqiyotining tabiiy hamda muqarrar haqiqatidir, degan xulosa ilgari suriladi. Maqola madaniyatlararo muloqot va o‘zaro anglashuvning globallashuv davridagi dolzarb ahamiyatini asoslashga qaratilgan.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти