Central AsianResearch Index

MADANIY DIPLOMATIYADA MAQOM FESTIVALLARINING O‘RNI: XALQARO TAJRIBA

ushbu maqolada maqom san’atining O‘zbekiston Respublikasining madaniy diplomatiyasidagi o‘rni va uning xalqaro miqyosdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda maqom san’atining tarixiy, estetik hamda diplomatik qirralari yoritilib, O‘zbekistonning xalqaro maqom festivallari orqali milliy merosni global darajada targ‘ib etishdagi tajribasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Eron, Ozarbayjon, Turkiya va Misr kabi davlatlarning musiqiy diplomatiya yo‘nalishidagi tajribalari solishtirma tahlil qilinib, O‘zbekiston modeli mintaqaviy “ yumshoq kuch ” siyosatining samarali shakli sifatida baholanadi. Maqom festivallari milliy brendni shakllantirish, madaniy aloqalarni rivojlantirish va xalqaro imijni mustahkamlashda muhim rol o‘ynayotgani ilmiy asoslar bilan isbotlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maqom san’ati O‘zbekistonning xalqaro madaniy siyosatida tinchlik, do‘stlik va madaniyatlararo muloqot timsoli sifatida alohida o‘rin tutadi.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 3, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти