Central AsianResearch Index

KOMPLEKS YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING HARAKAT KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

ushbu maqolada kompleks yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Maqola boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishi va harakat faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tahlil qiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, individual tayyorgarlik darajasi va pedagogik metodlar asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirish usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, harakat ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘yinlar, interfaol mashqlar, musobaqa elementlari va sog‘lomlashtiruvchi vositalardan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kompleks metodika qo‘llanilganda o‘quvchilarning jismoniy faolligi, harakat ko‘nikmalari va darsga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshishini ko‘rsatdi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 4
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти