Central AsianResearch Index

KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA EMOTSIONAL-INTELLEKTUAL OMILLARNING NEYROPEDAGOGIK TALQINI

ushbu maqolada o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda emotsional-intellektual omillarning neyropedagogik talqini yoritiladi. Kitobxonlik madaniyati shaxsning matnni anglash, tahlil qilish, estetik idrok etish, badiiy obrazlar bilan emotsional bog‘lanish va o‘qilgan asar asosida mustaqil fikr yuritish qobiliyati bilan bog‘liq murakkab pedagogik jarayon sifatida qaraladi. Maqolada o‘qish motivatsiyasi , qiziqish, empatiya , diqqat , xotira , tasavvur , obrazli tafakkur va refleksiya kabi emotsionalintellektual omillarning kitobxonlik faoliyatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Neyropedagogik yondashuv asosida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish o‘quvchilarning miya faoliyati, kognitiv jarayonlari va emotsional holatlarini hisobga olgan holda o‘qishga ongli, ijodiy va qadriyatli munosabatni shakllantirish imkonini berishi asoslanadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 5
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти