Central AsianResearch Index

KICHIK RAZRYADLI O’RTA MASOFALARGA YUGURUVCHILARNING MUSOBAQA OLDI TAYYORGARLIGI

Hozirgi paytda Respublikamizda yengil atletika bilan shug„ullanuvchilarni sport natijasini darajasi yetarlicha yuqori emas, lekin shunga qaramasdan yengil atletikachilarning taktik–texnik tayyorgarligi va mashg„ulot jarayonini rejalashtirishda sezilarli ijobiy o„zgarishlar amalga oshirildi. XXIX Olimpiya o„yinlari va Xitoyning Guandjou shahrida bo„lib o„tgan XVI Osiyo o„yinlari yakuniy natijalari shuni ko„rsatdiki, O„zbekistonlik yengil atletikachilari nafaqat jahonning eng kuchli o„nta sportchilari qatorida, balki turli darajadagi medallar uchun ham kurash olib borishga qodirlar. Mana shu darajada nafaqat ushlanib turish, balki oldinga siljish uchun samarali mashg„ulot uslublarini ishlash va ishlab chiqish zarur. Bugungi kunda O„zbekistonlik yengil atletikachilarning O„rta masofalarga yugurish turida Jahon arenalarida va dunyoning ko„pgina mamlakatlar sportchilari ko„rsatgan natajalarga nisbatan past natijaga ko„rsatayotganligi olingan ma‟lumotlarda aniqlangan. Biz bunga muvofiq ishning dastlabki holatini aniqlaganimizda mashg„ulot yuklamalarini noto„g„ri rejalashtirilganligi va mashg„ulot usullari ishlab chiqilmaganligi oqibatida sportchilar o„z imkoniyatlarini to„laligicha namoyon qila olmaganliklari va zarur natijalarga erisholmayotganliklari, bu esa o„rta masofalarga yuguruvchilarning sport natijalariga salbiy ta‟sir ko„rsatmasdan qolmasligi bizga ma‟lum.

Сведения

Опубликовано
2021 · Т. 1, № 3
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти