KAVKAZ XALQLARINING XIX ASRDA RUS BOSQINIGA QARSHI OLIB BORGAN KURASHI
Bu maqolada XIX asr davomida Rossiyaning Kavkaz hududini egallashga bo‘lgan urunishi va mahalliy aholining bu holatga qarshiligi to‘g‘risida . Kavkazda yashaydigan xalqlarning juda ko‘pligi sababli bu qarshilik harakati Rossiyaning Kavkazga amalga oshirayotgan harbiy harakatlarini to‘xtata olmagan. Lekin Shunday bo‘lsa-da, Kavkaz xalqlarining qarshilik harakatlari Rossiyaga jiddiy zarar keltirgan. Qarshilikni asosan Shimoliy Kavkaz xalqlari ko‘rsatgan. Shimoliy Kavkaz xalqlaridan bo‘lgan chechen, avar, lezgin va boshqa xalqlarning Rossiya siyosatiga qarshi harakatlari asosan XIX asr boshlarida boshlangan. Bunda yuzaga kelgan ― Muridiylik‖ harakati , Shomil boshchiligida muridlar nazorati ostidagi Checheniston va Tog'li Dog'iston viloyatlarining barcha aholini harbiy harakatlarga safarbar qilish jarayoni bayon etilgan. Shuningdek Shimoliy Kavkazda yuz bergan bu norozilik harakatlariga qarshi Rossiya imperiyasining olib borgan siyosati norozilik harakatlarni bostirishga jalb qilingan rus harbiylarining faoliyati va munosabati haqida ma‘lumotlar yoritib berilgan
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · Т. 2, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти