Central AsianResearch Index

KATATONIK-REGRESSIV SINDROMLAR BILAN KECHUVCHI PROTSESSUAL BOLALAR AUTIZMI

autizm spektr buzilishlari (ASB) bolalar psixik rivojlanishining ijtimoiy muloqot , nutq, xulq-atvor hamda sensor-motor faoliyatdagi o‘ziga xos cheklanishlar bilan tavsiflanuvchi murakkab va ko‘p omilli buzilishlaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda uning regressiv shakllariga, xususan, katatonik-regressiv sindromlar bilan kechuvchi protsessual bolalar autizmiga qiziqish ortib bormoqda. Ushbu klinik holatda bola ilgari egallagan nutq, ijtimoiy muloqot , o‘yin va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarining qisqa muddat ichida yo‘qolishi, stereotip harakatlarning kuchayishi hamda katatonik simptomlarning yuzaga kelishi kuzatiladi. Protsessual autizmning eng og‘ir klinik ko‘rinishlaridan biri bo‘lgan katatonik-regressiv sindromda motor qo‘zg‘alishi, negativizm, mutizm , exolaliya , stereotip harakatlar , emotsional befarqlik va muloqotning keskin cheklanishi namoyon bo‘ladi. Regressiv belgilar ayrim hollarda asta-sekin, ba’zida esa bir necha oy davomida tez sur'atlarda shakllanishi sababli, ushbu patologiyani erta aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda individual korreksion-pedagogik va reabilitatsiya ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 7
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти