Central AsianResearch Index

KASBIY KOMPETENTLIK TUSHUNCHASINING ZAMONAVIY TALQINI: INGLIZ TILI OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

zamonaviy ta’lim tizimida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni globallashuv, raqamlashtirish va ta’lim paradigmalarining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq holda rivojlanmoqda. Bugungi kunda pedagogdan nafaqat fan bilimlariga ega bo‘lish, balki raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish va doimiy o‘zini rivojlantirish talab etilmoqda. Shu nuqtai nazardan, kasbiy kompetentlik tushunchasi yangi mazmun bilan boyib, raqamli transformatsiya sharoitida qayta talqin etilmoqda. Ayniqsa, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligida raqamli platformalar , onlayn resurslar va interaktiv texnologiyalarning o‘rni tobora ortib bormoqda.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 2
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти