Central AsianResearch Index

KAHOOT, QUIZIZZ, PRODIGY KABI PLATFORMALAR YORDAMIDA MATEMATIKA DARSLARINI QIZIQARLI TASHKIL ETISH USULLARI

texnologiya va o'qitish usullarining rivojlanishi tufayli ta'lim yanada xilma-xil, qulay holatda o’rganilmoqda. Onlayn o'quv platformalari, interfaol vositalar va virtual sinflarning paydo bo'lishi o'quvchilarning ma'lumot bilan shug'ullanishi va ularni o'zlashtirishi uchun asosiy imkoniyat yaratmoqda. Ta’lim bugungi kunda talabalarni tez o'zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko'nikmalar bilan jihozlashni maqsad qilgan. Elektron doskalar, proyektorlar, kompyuterlar va noutbuklar kabi texnologik yutuqlar zamonaviy maktablarning kundalik hayotining bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari nafaqat o‘qituvchi va o‘quvchilarni bo‘lajak darsga tayyorlashda, balki bevosita dars jarayonida ham qo‘llanilmoqda[2]. Hozirgi kunda ko'plab bolalar boshlang'ich maktab bosqichida elektron qurilmalardan foydalanishni yaxshi bilishadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bugungi kunda aksariyat gadjetlar nafaqat o'yin-kulgi yoki muayyan funktsional operatsiyalarni bajarish, balki mashg'ulotlar uchun ham ishlatilishi mumkin. Ta'limda kompyuterlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish fanni o’zlashtirishda katta imkoniyatlar ochib bermoqda. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darsni turli ko’rgazmali o’zgartirishlar qilish, uni yanada qiziqarli va esda qolarli qilish imkonini beradi. Raqamli platformalardan matematika darslarida foydalanish ularning o‘qitish va o‘rganishda ko‘p sonli afzalliklari tufayli muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli platformalar ko'pincha matematikani o'rganishni yanada qiziqarli qiladigan interfaol vositalar, o'yinlar va simulyatsiyalardan foydalanadi. Vizualizatsiya, animatsiya va zudlik bilan fikr-mulohaza bildirish kabi xususiyatlar o‘quvchilarni motivatsiya qiladi va ularga yordam beradi. Bu platformalardan foydalanishda hisoblash yoki ma'lumotlarni vizualizatsiya qilish kabi murakkab g'oyalarni dinamik modellashtirish orqali yaxshiroq tushunish mumkin. Ko'pgina platformalarda muammolarni hamkorlikda hal qilish, jamoaviy ishlarni rag'batlantirish imkoniyati mavjud. Umumiy doskalar yoki munozara forumlari kabi vositalar tengdoshlarni o'rganish va o'qituvchi va talaba o'zaro munosabatini osonlashtiradi. Raqamli platformalar o'quv qo'llanmalari, amaliyot mashqlari, videolar va matematikaning amaliy ilovalari kabi keng ko'lamli resurslarni taklif etadi. O'qituvchilar darslarni yaxshilash va qo'shimcha ta'minlash uchun multimedia kontentini birlashtirishi mumkin.

Сведения

Опубликовано
2024 · № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти