Research Focus2024
JIGAR EXINOKOKKOZIDA OPTIMAL XIRURGIK TAKTIKA
Samarqand tibbiyot institutining umumiy xirurgiya klinikasiga keyingi 10 yilda jigar exinokokkozi kasalligi bilan yotqizilgan 338 nafar bemorni tekshirish va davolash natijalarini tahlil qildik. Bemorlarning yoshi 5 dan 81 yoshgacha bo‘ldi. Bemorlarni yoshiga qarab guruhlarga taqsimlash shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning 90,89% mehnatga layoqatli yoshdagi odamlar ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirgi vaqtda jigarning ko‘p sonli exinokokkozi, kasallikning residivi yoki oldin o‘tkazilgan laparotomiyalar, kasallikning asoratli kechishi, jigarning borishi qiyin bo‘lgan segmentlarida kistalarning joylashishi keng yuqori o‘rta chiziqli laparotomiya usuli bilan exinokokkektomiya qilishga ko‘rsatma bo‘ladi.
Сведения
- Журнал
- Research Focus
- Опубликовано
- 2024 · Т. 3, № 10
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Ветеринария ИТИ ва “Илм-фан ва инновациялар академияси” МЧЖ