JAHON ESTRADA RAQSINING EVOLYUTSIYASI: TEATR SAHNALARIDAN VIZUALTEXNOLOGIK SHOULARGA QADAR.
zamonaviy estrada xoreografiyasi nafaqat jismoniy harakatlar majmuasi, balki insoniyatning vizual, ijtimoiy va musiqiy madaniyati tarixini aks ettiruvchi nihoyatda murakkab sintetik til hisoblanadi. Insoniyat sivilizatsiyasi davomida raqs marosim, ibodat yoki ijtimoiy muloqot vositasi bo‘lib xizmat qilgan bo‘lsa, XX asrga kelib u to‘laqonli shoubiznes va tijoratga yo‘naltirilgan vizual mahsulotga aylandi. Jahon estrada xoreografiyasining rivojlanish bosqichlari jamiyatdagi texnologik inqiloblar (kamera, yoritish texnikasi, raqamli montaj, stadion muhandisligi) hamda iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bevosita uyg‘un ravishda rivojlandi. Dastlab tor doiradagi teatr sahnalari uchun mo‘ljallangan raqs san’ati asta-sekin global estrada madaniyatining eng muhim va ajralmas qismiga aylandi. Bugungi kunda raqs har qanday musiqiy asarning vizual pasporti hisoblanadi. Ya’ni tomoshabin musiqani nafaqat tinglaydi, balki uni raqs orqali “ko‘radi”. Estrada xoreografiyasi tarixida yuz bergan transformatsiyalarni ilmiy o‘rganish bugungi san’atshunoslik va xoreografik pedagogika uchun dolzarb hisoblanadi, chunki bu jarayon madaniyatlararo globallashuvning yorqin ko‘zgusidir. G‘arb va Sharq harakat plastikasining yagona estrada sahnasida uyg‘unlashuvi jarayonini o‘rganish milliy san’atimizni ham jahon mezonlari asosida tahlil qilish imkonini beradi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти