ISLOM MOLIYA INSTITUTLARI FAOLIYATINING ASOSIY XUSUSIYATLAR
Ushbu maqolada Islom moliya institutlari faoliyatining asosiy xususiyatlari haqida so`z yuritilgan. Islom moliyasining amalda rivojlanishi ko'plab dolzarb iqtisodiy muammolarni nazariy tushunishdan oldinda ekanligiga qo'shilib bo'lmaydi. Biroq, islomiy moliyaviy mexanizmlar hali boshlang'ich bosqichida. Shuning uchun islom moliya tizimining afzalliklari va kamchiliklari haqida bir ma'noda hukm qilish qiyin. Islom moliya institutlarining haqiqatdan ham shubhasiz ustunligi diniy sabablarga ko'ra an'anaviy moliyaviy munosabatlarda ishtirok etmayotgan shaxslarning moliyaviy resurslarini jalb qilish qobiliyatidir. Shuning uchun ham musulmonlar soni ko„p bo„lgan mamlakatlardagi har qanday moliya tizimi islomiy va an‟anaviy moliyaviy mexanizmlarning samarali uyg„unlashuviga asoslanishi kerak.
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · Т. 2, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти