INTENSIV TA’LIM YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI.
mazkur maqolada intensiv ta’lim yondashuvi asosida talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot intensiv ta’limning mohiyati, uning pedagogik jarayondagi o‘rni va talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorligini oshirishdagi ahamiyatini ochib beradi. Shuningdek, intensiv yondashuv orqali qisqa vaqt ichida bilim, ko‘nikma va malakalarni samarali shakllantirish imkoniyatlarining ilmiy asoslari yoritilgan. Maqolada talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda interaktiv metodlar, muammoli ta’lim , loyihaga asoslangan ta’lim va raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Intensiv ta’lim jarayonida o‘quv faoliyatining jadalligi, mazmunning integrativ tabiati va amaliy yo‘naltirilganlik asosiy omillar sifatida talqin etiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, intensiv ta’lim yondashuvi talabalarda mustaqil fikrlash , tezkor qaror qabul qilish, kasbiy muammolarni hal qilish va ijodiy yondashuvni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu asosda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgan va ularning pedagogik amaliyotda qo‘llanilishi asoslab berilgan.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 4
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти