INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH METODIKASI
zamonaviy globallashuv jarayonida oliy ta’lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – raqobatbardosh, mustaqil fikrlaydigan va kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Integratsiyalashgan ta’lim muhiti esa fanlararo yondashuv, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, innovatsion pedagogik texnologiyalar hamda raqamli vositalar asosida tashkil etilgan ta’lim tizimini anglatadi. Bugungi kunda jahonda integratsiyalashgan ta’lim modeli keng qo‘llanilmoqda. Xususan, UNESCO tomonidan ilgari surilgan “uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi ham shaxsning hayot davomida kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi ta’lim siyosatida kompetensiyaviy yondashuv ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Integratsiyalashgan ta’lim muhiti talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, kasbiy vaziyatlarni modellashtirish va real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirish imkonini beradi. Shu bois mazkur maqolada bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning metodik asoslari tahlil qilinadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 2
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти