INTEGRATSIYALASHGAN MODULLAR BO‘YICHA OBYEKTIV STRUKTURALANGAN KLINIK IMTIHON ASOSIDA KLINIK KOMPETENSIYANI BAHOLASHNI TAKOMILLASHTIRISH
maqolada tibbiy ta’limda talabalarning klinik kompetensiyasini obyektiv strukturalangan klinik imtihon ( OSKI / OSCE ) orqali baholash masalasi yoritildi. Asosiy ilmiy-metodik asos sifatida integratsiyalashgan modullar bo‘yicha klinik vaziyatli topshiriqlar, standartlashtirilgan bemorlar, simulyatorlar, aural va vizual diagnostika materiallari, elektron chek-listlar hamda test nazoratini uyg‘unlashtirish yondashuvi tanlandi. Maqolaning maqsadi OSKI yordamida klinik kompetensiyani baholash modelini FJSTI ta’lim muhitiga moslashtirish, uning didaktik imkoniyatlari, tashkiliy talablari, afzalliklari va cheklovlaridan iborat. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, OSKI faqat yakuniy nazorat shakli emas, balki talabalarda biotibbiy bilimlar, klinik fikrlash, kommunikativ madaniyat, jamoada ishlash, sanitariya-profilaktik qaror qabul qilish va amaliy ko‘nikmalarni kompleks baholashga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir. FJSTI sharoitida ushbu yondashuv davolash ishi, pediatriya, stomatologiya, tibbiy profilaktika, farmatsiya, biotibbiyot muhandisligi hamda jamoat salomatligi yo‘nalishlarida kompetensiyaviy ta’limni mustahkamlash imkonini beradi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти