IJTIMOIY TARMOQLAR VA YOSHLAR PSIXOLOGIYASI.
XXI asr axborot texnologiyalari asri bo‘lib, bu davrda internet va ijtimoiy tarmoqlar jamiyat hayotining muhim qismiga aylandi. Ayniqsa, yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi juda yuqori bo‘lib, ular kundalik hayotining muhim qismini virtual muhitda o‘tkazmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar yoshlarning axborot olish, muloqot qilish, o‘z fikrini erkin ifoda etish hamda shaxsiy qiziqishlarini namoyon etishiga keng imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga, bu platformalar yoshlarning psixologik rivojlanishi, emotsional holati va ijtimoiy xulq-atvoriga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik nuqtai nazardan qaralganda, o‘smirlik va yoshlik davri shaxs shakllanishining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda shaxsning o‘z-o‘zini anglash, o‘zini baholash, ijtimoiy muhitga moslashish va shaxsiy identifikatsiyasi shakllanadi. Ijtimoiy tarmoqlar esa ushbu jarayonga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bir tomondan, ular yoshlarning ijtimoiy faolligini oshiradi, yangi do‘stlar orttirish imkonini beradi va bilim olish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan esa, virtual muhitga haddan tashqari berilish real hayotdagi ijtimoiy munosabatlarning kamayishiga, psixologik qaramlikka, stress va xavotir holatlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda psixologiya fanida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ruhiyatiga ta’siri alohida tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmoqda. Shu sababli mazkur tadqiqot yoshlar psixologiyasi nuqtai nazaridan ijtimoiy tarmoqlarning ta’sirini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ilmiy asosda ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти