GʻOVLAR OSHA 400 METR YUGURUVCHILARNING RITM VA TEXNIKASINI TAHLILI
Yugurish texnikasida qiyinchilik,to‗siq oldida depsinish joyini to‗g‗ri aniqlashdadir, chunki shunchalik uzoq masofani ma‘lum miqdorda qadamlar bilan yugurib o‗tish mumkin emas. Eng usta sportchilar to‗siq oldiga qadamlar ritm ini va yugurish tez-ligini o‗zgartirmay yaqinlashadilar. Depsinuvchi oyoqni g‗ovdan ma‘lum masofada qo‗yish uchun, ko‗z bilan mo‗ljal ola bilishi kerak. Bu esa mashg'ulot va musobaqalar jarayonida kamol topadi.Bunda har ikkala oyoqda bir xilda depsinib g‗ovdan o‗ta olishning katta ahamiyati bor. Depsinish oldidan bajariladigan oxirgi qadam, oldingi qadamlarga nisbatan bir qancha qisqaroqdir. Oyoqni to‗siqdan 140—180 sm masofada tashqi qirrasidan boshlab yerga qo‗yish kerak. Oxirgi qadamni qisqartirish (buning uchun oyoq, tananing UOM proyeksiyasiga yaqin qo'yiladi) oldingi tayanch paytida tayanch reaksiyasi kuchining tormozlovchi ta‘sirini pasaytiradi. Depsinish paytida yuguruvchining gavdasi biroz oldinga engashadi, bukilgan oyoq esa tizza bilan tezda oldinlatib yuqoriga ko'tariladi. Muvozanat saqlash uchun, silkinch oyoq narigi tomonidan qo‗l oldinga yoki oldinlatib pastga uzatiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2021 · Т. 1, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти