FUTBOLCHILARNI KO‘P YILLIK TAYYORLASH JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH O‘QITISH
futbolga o‘qitish konsepsiyasi o‘yin jarayonini bosqichma bosqich tahlil qilishga va olingan ma’lumotlarni mashg‘ulot topshiriqlari modeli sifatida qayta ishlab borishga asoslanadi, bunda o‘yin turli fazalar, vaziyatlar va fragmentlarga ajratilib, yakka futbolchi yoki guruh yoki chiziq yoki butun jamoaning harakatlari modellashtiriladi, biroq hanuzgacha ayrim qarashlarda bolani o‘yinga jalb etishdan avval uni to‘p bilan va to‘psiz bajariladigan turli texnik harakatlarga o‘rgatish zarur degan fikr mavjud, natijada boshlang‘ich tayyorgarlik mashqlarda texnik usullarni alohida o‘rganishdan boshlanadi, bu esa o‘yindan tashqarida shakllangan ko‘nikmalarning o‘yin davomida uzilishi hamda mashq jarayoni oldindan tayyor javobni taklif qilgani sabab taktika va fikrlashning tabiiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, chunki o‘yinda bir butun bo‘lib kechadigan fikr va harakat mashqda alohida ajralib ketadi
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 11
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти