FARG‘ONA VODIYSINING OZUQA EKINLARI TANGACHA QANOTLI HASHAROTLAR (LEPIDOPTERA) FAUNASI
Farg‘ona vodiysining ozuqa ekinlari agrotsenozlarida tangachaqanotli hasharotlar ( Lepidoptera ) turkumining 9 oilasiga mansub 33 avlodini 38 ta turi uchraydi. Mazkur hasharotlarning beda o’simligida 8 oila, 25 avlodga mansub 27 ta turi, hashaki lavlagida 2 ta oila, 14 ta avlodga mansub 16 ta turi, raps o’simligida 3 ta oila, 4 ta avlodga mansub 5 ta turi tarqalgan. Farg’ona vodiysi entomofaunasida ilk bor qayd etilayotgan Oncocera semirubella, Chrysodeixis chalcites hamda O’zbekiston entomofaunasi uchun ilk bor qayd etilayotgan Evergestis frumentalis, Evergestis extimalis turlarining populyatsiylari hozirda kengayib bormoqda. Ozuqa o’simliklari bilan biotsenotik aloqaga ega bo’lgan Carcharodus alceae, Colias erate, Polyommatus icarus napaea populyatsiyasi qisqarib borayotgan va muhofazaga muxtoj turlar hisoblanadi.
Сведения
- Опубликовано
- 2022 · Т. 2, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти