FARG‘ONA VODIYSI MUSIQA MADANIYATI
Farg‘ona vodiysi O‘zbekistonning qadimiy madaniy hududlaridan biri bo‘lib, o‘zining boy musiqiy an’analari va ijrochilik maktablari bilan alohida o‘rin egallaydi. Bu hududda asrlar davomida shakllangan musiqa merosi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, marosimlari va estetik qarashlari bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlangan. Farg‘ona vodiysi musiqa madaniyatida maqom san’ati, katta ashula, mumtoz qo‘shiqlar hamda marosim folklori muhim o‘rin tutadi. Mazkur yo‘nalishlar nafaqat badiiy-estetik qadriyat, balki tarixiy-ma’naviy manba sifatida ham ahamiyatlidir.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 1
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти