EMOTSIONAL ALIENATSIYA TOʻGʻRISIDAGI IJTIMOIY TASAVVURLARNING PSIXOSEMANTIK XUSUSIYATLARI.
tadqiqotda emotsional alienatsiyaning kundalik ongda qanday mazmun kasb etishi, uning semantik komponentlari, emotsional baholanishi va ijtimoiy reprezentatsiyalarining tarkibiy elementlari aniqlangan. Natijalar respondentlarning aksariyati emotsional alienatsiyani insonning o‘zini keraksiz his qilishi, psixologik iztirob, emotsional begonalashuv va shaxslararo yaqinlikning susayishi bilan bog‘lashini ko‘rsatdi. Shuningdek, fenomenning individual va ijtimoiy determinantlari hamda ularning psixologik mazmuni qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari emotsional alienatsiyaning psixosemantik modelini takomillashtirish, oilaviy va shaxslararo munosabatlarda emotsional yaqinlikni mustahkamlash hamda mazkur fenomenni psixologik diagnostika va profilaktika qilishning ilmiy asoslarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 7
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти