Central AsianResearch Index

EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHDA KO‘P OMILLI REGRESSIYA USULINI TADQIQ QILINISHI

Ekonometrik modellashtirishda ko„p omilli regressiya usulini tadqiq qilinish jarayoni sanoat korxonalarining rivojlanishi uchun to„sqinlik qilayotgan muammolarini yechishda, ishlab chiqarish xarajatlari funksiyalarini o„rganishda, makroiqtisodiy hisoblashlarda va ekonometrikaning qator boshqa muammolarini o„rganishda qo„llanilishi ko„rsatilgan. Bunga ko„ra ekonometrik modellashtirishda ko„p omilli regressiya usulini afzaliklari ko„rsatilgan. Birinchidan–ekonometrika o„ziga xos bo„lgan usullar tizimi sifatida iqtisodiy o„zgaruvchilar va ular orasidagi bog„lanishlarning xususiyatlarini tasvirlagan holda o„zining masalalarini aniqlashtirish imkoniyatini tasvirlab berishi ko„rsatilgan. Regressiya tenglamasiga nafaqat birinchi darajali o„zgaruvchilarni kiritildi balki natijaga maksimal yoki minimal (ozmi-ko„pmi) darajada ta‟sir etuvchi qiymatlarni akslantiruvchi iqtisodiy o„zgaruvchilarning optimal xususiyatlarini ifodalash maqsadida, ikkinchi darajali o„zgaruvchilar ham kiritiladi. Ikkinchidan-regressiya tenglamasida mustqil komponentalar sifatida qaraluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o„zgaruvchilarning o„zaro ta‟sirlarini aks etira oladi.

Сведения

Опубликовано
2022 · Т. 2, № 10
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти