DINIY DISKURS FUNKSIYALARI
diniy nutq , o‘ziga xos muloqot shakli sifatida, tilning ma’lum funksiyalarini amalga oshirish orqali insoniyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat axborot almashish yoki hissiy tuyg‘ularni ifodalash vositasi bo‘lib, balki jamiyatda ma’naviy birdamlikni ta’minlash, e’tiqodiy qadriyatlarni mustahkamlash va insonning ruhiy dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Diniy nutqning xilma-xil funksiyalari mavjud bo‘lib, ular tilshunoslik, ritorika, axloq va boshqa bilim sohalari bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ushbu maqolada diniy nutqning asosiy va maxsus funksiyalari, ularning jamiyatdagi roli hamda insonning ruhiy va ma’naviy hayotiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu mavzu, ayniqsa, diniy matnlarning semantik tahlili va ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini o‘rganishda dolzarbdir.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 3
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти