Central AsianResearch Index

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA QADRIYATLAR TARBIYASINING AMALDAGI HOLATI VA MUAMMOLARI.

bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshlang‘ich ta’lim davri shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, qadriyatli ongi va ijtimoiy xulq-atvori shakllanadigan muhim bosqich bo‘lib, bu jarayonda qadriyatlar tarbiyasini samarali tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Biroq amaliyot tahlili boshlang‘ich sinflarda qadriyatlar tarbiyasini tashkil etishda metodik ta’minotning yetarli emasligi, qadriyatlarni fanlar mazmuniga integratsiya qilishdagi qiyinchiliklar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish darajasining pastligi kabi muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Shu sababli qadriyatlar tarbiyasining amaldagi holatini ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilish va mavjud muammolarni aniqlash dolzarb ilmiy masala hisoblanadi.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 7
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти