BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSIQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNING SAMARADORLIGI.
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy kompetensiyasini rivojlantirishda interfaol ta'lim metodlaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Musiqa ta'limida kompetensiyaviy yondashuvning mazmuni, interfaol metodlarning o‘quvchilarning musiqiy idroki, ijodiy tafakkuri, estetik didi va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, musiqa darslarida "Aqliy hujum", "Klaster", "Rollli o‘yin", "Jamoaviy ijod", "Muammoli vaziyat", "Loyiha metodi" kabi interfaol metodlarni qo‘llashning pedagogik samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqotda kuzatish, pedagogik tajriba, suhbat, anketa va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar interfaol metodlardan tizimli foydalanish o‘quvchilarning musiqiy kompetensiyasi, ijodkorligi, mustaqil fikrlashi va darsdagi faolligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Maqolada boshlang‘ich sinflarda musiqa ta'limini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan. Global ta’lim tizimidagi tub islohotlar va zamonaviy ta’lim konsepsiyasi sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda estetik dunyoqarashini boyitish ustuvor vazifa hisoblanib, bunda shaxsning ma’naviy-axloqiy kamoloti va emotsional intellektini shakllantiruvchi musiqa ta’limi alohida o‘rin tutadi; biroq amaliyotda reproduktiv o‘qitish usullarining ustunligi va o‘quvchilarning passivligi kuzatilayotgani musiqa fanini o‘qitish metodikasini innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Сведения
- Опубликовано
- 2026 · Т. 4, № 6
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти