BOSHLANG’ICH FORTEPIANO TA’LIMI VA FORTEPIANO CHALISHNING DASTLABKI BOSQICHI
boshlang’ich fortepiano ta’limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi fortepiano san’ati va musiqiy mahoratni o‘zlashtirishda juda muhim bosqichlarni tashkil etadi. Ushbu davrda talaba nafaqat texnik ko‘nikmalarni rivojlantiradi, balki musiqiy ifodaning asosiy tamoyillarini o‘rganadi. Dastlabki bosqichda fortepiano chalishning oddiy mashqlari, notalar bilan ishlash , va musiqiy ritmni tushunish ustida to‘xtalib, musiqiy nutqni shakllantirishga katta e’tibor beriladi. Dastlabki qadamlar musiqiy did va tekniqaga asos bo‘lib, keyingi rivojlanish bosqichlarida o‘rganilgan bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkamlashda yordam beradi. Ushbu bosqichda yangicha boshlovchilar uchun samarali pedagogik yondashuvlar va metodlar ko‘rsatiladi.
Сведения
- Опубликовано
- 2025 · Т. 3, № 2
- Источник
- cyberleninka.ru
- Язык
- Узбекский
- Издатель
- Бухоро давлат педагогика институти