Central AsianResearch Index

BOLALARDA QANDLI DIABET MONITORINGIDA SO‘LAKDAGI GLYUKOZA DARAJASINING AHAMIYATI

Avazova Sh.N

Ushbu ilmiy maqolada 1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda so‘lakdagi glyukoza miqdorini aniqlashning diagnostik va amaliy ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqot Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 6–16 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkazildi. Tadqiqot ishtirokchilari glikemik ko‘rsatkichlari va parodont to‘qimalarining klinik holatiga ko‘ra uch guruhga bo‘lindi. Qon va so‘lakdagi glyukoza miqdorlari aniqlanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi statistik tahlil qilindi. Olingan natijalar so‘lakdagi glyukoza darajasi bilan qondagi glyukoza o‘rtasida kuchli musbat korrelyatsiya (r = 0.81; p < 0.05) mavjudligini ko‘rsatdi. Ushbu yondashuv 1-tip qandli diabetni monitoring qilishda, glyukemik nazoratni baholashda va bolalarda og‘riqsiz noinvaziv diagnostika sifatida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Сведения

Опубликовано
2025 · Т. 4, № 6
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Central Asian Research Journal (CARJIS) ALFRAGANUS universiteti, Бухоро давлат тиббиёт институти