Central AsianResearch Index

BADIIY TA’LIMDA INNOVATSION VA INTEGRATSION YONDOSHUVLAR NEGIZIDA TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASH.

mazkur maqolada oliy pedagogik ta’lim tizimida klaster yondashuvi asosida badiiy ta’lim jarayonini innovatsion va integratsion loyihalashning nazariymetodologik hamda amaliy asoslari yoritilgan. Muallif tomonidan tasviriy san’at ta’limining boshqa fundamental va gumanitar fanlar (tarix, falsafa, psixologiya, neyroestetika, raqamli texnologiyalar, STEAM ) bilan integratsiyalashuvining to‘rt bosqichli transsistemaviy modeli hamda “MentorCraft” mualliflik innovatsion yechimi tahlil qilingan. Maqolada Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakulteti bazasida 2022-2025 yillar davomida o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlari, xususan, tarix va tasviriy san’at yo‘nalishlari hamkorligida amalga oshirilgan integratsion bitiruv malakaviy ishlari va ularning natijasida tashkil etilgan “Temuriylar” muzeyi loyihasining pedagogik samaradorligi baholangan.

Сведения

Опубликовано
2026 · Т. 4, № 7
Источник
cyberleninka.ru
Язык
Узбекский
Издатель
Бухоро давлат педагогика институти